DXX MChJ rahbarini 120 ming dollar bilan qo‘lga oldi

Andijonda MChJ rahbari 120 ming dollarga yer sotayotganda qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Asaka tumanidagi pillachilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari o‘zining 1988-y.t., muqaddam sudlangan qarindoshi bilan til biriktirib, mazkur MChJga tegishli bo‘lgan 1 gektar yer maydonini hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 180 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda MChJ rahbari so‘ralgan puldan 120 ming AQSh dollarini qarindoshi orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter