Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX chet el fuqarosidan 6 ming dollar olayotgan shaxsni ushladi

DXX chet el fuqarosidan 6 ming dollar olayotgan shaxsni ushladi

Foto: Xabar.uz

Termiz shahrida savdo sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari E.Z. chet el fuqarosining ishonchiga kirgan.

Unga tanishlarining imkoniyatlari orqali unga O‘zbekistonda doimiy yashash guvohnomasini rasmiylashtirib berish evaziga 7000 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda E.Z. so‘ralgan puldan 6000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring