Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX chegarada afg‘onistonlikni qo‘lga oldi

DXX chegarada afg‘onistonlikni qo‘lga oldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv jarayonida uning yonida 9 kg. 84 gr. opiy giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘da chegaradan o‘tishga uringani, ammo chegarachilarimiz tomonidan to‘xtatib qolingani, otishma vaqtida bir nafar askarimiz qahramonlarcha halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring