Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX 23 yil qidiruvda bo‘lgan xavfli shaxsni qo‘lga oldi

DXX 23 yil qidiruvda bo‘lgan xavfli shaxsni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining sa’y-harakati bilan «Turkiston islom harakati» («TIH») xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi sababli 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan «Yu.J.» xorijda ushlanib, mamlakatimizga olib kelindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

1969 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan ushbu shaxs 1998 yilning boshlarida Rossiyaning Checheniston Respublikasiga borib, iordaniyalik Amir Xattob tomonidan tashkil qilingan jangarilar lagerida maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi va o‘sha yilning oxirlarida Afg‘onistondagi «TIH» xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shiladi. 

1999 yilning yanvar oyida tashkilot yetakchilarining ko‘rsatmasi bilan u aylanma yo‘llar orqali Toshkent shahriga kelib, badavlat odamlarning uylarida bosqinchiliklarni amalga oshiradi hamda ularning pul va qimmatbaho buyumlarini o‘zlashtirib, Afg‘onistondagi «TIH» yetakchilariga yuboradi.

Mazkur shaxs 1999 yilning 16 fevral va 30 mart kunlari Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ham ishtirok etadi.

Shuningdek, 1998-2006 yillarda xorijiy davlatlardagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnashadi.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring