DXX 2 qop dollarni to‘xtatib qoldi
![DXX 2 qop dollarni to‘xtatib qoldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4194962651.jpg)
Joriy yilning 22 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan o‘tuvchi o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi hududida xizmat o‘tayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari katta miqdordagi xorijiy valyuta noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ygan.
Xususan, Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro A.D. ikkita polietilen qopda bo‘lgan 1 mln. AQSh dollarini Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter