Dunyodagi eng mashhur «taksichi» — Sami Nasirini Moskvada do‘pposlashdi
«Rakurs» yozishicha, Moskvadagi karaoke-barda taniqli fransuz aktyori, «Taksi» filmi bosh roli ijrochisi Sami Nasiri do‘pposlangan.
Mazkur voqea haqida «Interfaks» agentligi bugun, 7-avgust kuni o‘z manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, fransuz aktyori do‘sti bilan karaoke-barda dam olayotgan bo‘lgan. Soat taxminan 2:00 da ular bardagi boshqa mijozlar bilan nizolashib qolishgan. Janjal mushtlashuvga aylanib ketgan va noma’lum shaxs aktyorning boshiga urgan.
Vrachlar jabrlanuvchiga bosh miya chanog‘i yopiq jarohati tashxisini qo‘yishdi. Biroq yotib davolanish zarurati tug‘ilmadi.
Manbaga ko‘ra, janjal Belarus fuqarolari bilan kelib chiqqan. Voqeada gumondorlarning barchasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter