Dubayga 2 ayolni fohishalikka sotib yuborganlar ushlandi
Shu yil 8 fevral kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan xotin ikki ayolni aldab, BAAning Dubay shahridagi kafeda ish borligi, oyiga 1200 dollardan oylik berishini aytgan.
O‘zi esa ularni Dubay shahrida kutib olib, boshqa ayollarga topshirgan va ularning erkiga xilof ravishda fohishalik qilishga majburlagan. Bu haqda jabrlanuvchilar Namangan shahar Yangi Namangan tumanida ariza bilan murojaat qilishib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 19 aprel kuni O‘z.R JKning 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter