Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dori qutisidan 30 dona «Paratsetamol» topilgan turkiyalik haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Dori qutisidan 30 dona «Paratsetamol» topilgan turkiyalik haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2022 yilning 25 dekabrida yuk avtomashinasi salonidagi dori qutisidan 2 o‘ramda jami 30 dona «Paratsetamol» dori vositasi topilgan turkiyalik haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, viloyat IIB hamda viloyat Bojxona boshqarmasi «Olot» chegara posti orqali kontrabanda yo‘li bilan olib kirilayotgan mahsulotlarni aniqlash maqsadida navbatdagi tadbir o‘tkazilgan.

Mazkur post hududida «Turkiya-O‘zbekiston» yo‘nalishida harakatlanib kelgan Turkiya fuqarosi I.R.J. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi ko‘zdan kechirilgan. Mashinaning salon qismi priborlar panelidagi buyumlar va dori qo‘yish qutisidagi turli xil dori vositalarining borligi xodimlarning e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Dori qutida saqlanayotgan birinchi yordam tabletkalaridan tashqari, och sarg‘ish rangli qog‘oz quti ichida, folgalangan yuzasida «A-ferin» 300mg/2mg/10mg Kapsul Parasetmol Klorfeniramin maleat Kodein fosfat» yozuvli zavod qadog‘ida bo‘lgan 2 dona konvalyuta topilgan.

Bir tomoni qizil, ikkinchi tomoni to‘q kulrangda bo‘lgan ushbu kapsula tarkibida giyohvand moddaga o‘xshash dori vositasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan turkiyalik haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddaga ko‘ra, aybdor besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring