Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Denovda 18 ta savdo ob’yekti yonib ketdi

Denovda 18 ta savdo ob’yekti yonib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati

Joriy yilning 24-fevral kuni soat 05.37da, Surxondaryo viloyati Denov tumani «Bahoriston» mahallasi Mustaqillik ko‘chasi 79-uyda joylashgan, YaTT «Allayev Xaydarxon To‘xtayevich»ga tegishli 2 qavatli savdo majmuasining 2-qavatida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida, 18 ta savdo obektlari, umumiy maydoni 630 metr kv. qismi yong‘indan zararlangan.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea joyiga Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan harakatlari natijasida binoning 1680 metr kv. qismi yong‘indan saqlab qolingan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring