Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqonobodda bir oilaning uch a’zosi halok bo‘ldi. Kichik farzand toksik komaga tushdi

Dehqonobodda bir oilaning uch a’zosi halok bo‘ldi. Kichik farzand toksik komaga tushdi

Foto: Xabar.uz

Kecha Dehqonobod tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga B. mahallasidan 16 yoshli X.H. o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Bemorga «Zaharli gazdan o‘tkir zaharlanishning o‘ta og‘ir darajasi. O‘tkir toksemiya davri. O‘pka shishi. Aspiratsion sindrom. O‘tkir nafas yetishmasligi. O‘tkir yurak va qon tomir yetishmasligi. Toksik koma» tashxisi qo‘yildi.

Zudlik bilan standart bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, bemorga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bemor yashaydigan xonadondagilar eski hojatxona yonidan yangi chuqur kovlashayotgan paytda o‘rtadagi devor yorilib ketishi natijasida X.H.ning otasi, 48 yoshli Q.E., onasi, 44 yoshli B.O. va opasi, 20 yoshli X.D. voqea joyida vafot etishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring