«Cobalt»ga «migalka» o‘rnatish haydovchiga qimmatga tushdi
Ijtimoiy tarmoqda «Cobalt» rusumli avtomobilga ruxsat etilmagan moslama, ya’ni «migalka» o‘rnatilganligi aks etgan video tarqaldi.
Video yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mashina haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan F.X.ga tegishli bo‘lib chiqdi.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter