«Cobalt» ichidan pullarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 2022-yil 21-iyun kuni, tumanning «Karvon» mahallasida yashovchi, T.Karim (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi.
Unda shu kuni soat 13:00 larda, noma’lum shaxs, tumanning «Tallashqon» mahallasi hududida eshiklari ochiq turgan «Cobalt» rusumli avtomashinasi ichidan 1.290.000 (bir million ikki yuz to‘qson ming) so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Termiz shahrida yashovchi, B.Sevinch sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
Mazkur holat yuzasidan B.Sevinchga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter