Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cho‘l hududida bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Cho‘l hududida bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Milliy gvardiya, IIV hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida reyd tadbirlari davom etmoqda.

Buxoro viloyati Peshko‘ tumani cho‘l hududlarida olib borilgan reyd tadbirlari davomida fuqarolar M.M. hamda Z.M. o‘zlariga tegishli «GAZ-53» rusumli ikkita avtomashinada har biri uch nafardan yollanma ishchi yollab, saksovul o‘simligini chopib, olib ketayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatilganda ular voqea joyidan qochishga uringan. Biroq tezkor harakatlar natijasida Jondor tumanining Moxoncho‘l hududida qo‘lga olingan hamda tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

«Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan Buxoro viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlanganda, ushbu ko‘rsatgichlar 36 000 000 (o‘ttiz olti million) so‘mni ko‘rsatmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha fuqarolar — M.M. hamda Z.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring