Chiroqchidagi qutqaruv operatsiyasining yosh qahramoni ma’lum qilindi
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida 6 yoshli bola suvsiz suvsiz artizan quduqqa 25 metr chuqurlikka tushib ketgani va qariyb bir sutka davomida qutqarib olingani haqida xabar berilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, maxsus qutqaruv operatsiyasida «Qalqama» mahallasida yashovchi 109-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Ozodbek Yo‘ldoshev ham qatnashgan. Kichik qahramon qutqaruvchi akalari va maxsus asbob-anjomlar yordamida quduqning tor tuynugidan mardonavor o‘tib, bolakayni olib chiqqan.
O‘z vaqtida va tezkor olib borilgan qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanib, bolajon hayoti saqlab qolindi, ayni vaqtda bolakay shifokorlar nazoratida, ota-onasi bag‘rida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter