Chimyonda baland cho‘qqiga chiqib, tusholmay qolganlar qutqarildi
Joriy yilning 26-aprel kuni soat 17:10da Toshkent viloyati Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Bo‘stonliq tumani Chimyon dam olish hududida uch nafar fuqaro sayr qilish uchun tog‘ning baland cho‘qqisiga chiqib, pastga tusha olmayotganliklarini ma’lum qilgan va yordam so‘raganlar.
Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilgan yetib borib, fuqarolarni dengiz sathidan 2200 metr bo‘lgan balandlikdan sog‘-salomat olib tushishga muvaffaq bo‘ldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter