Chilonzordagi kanaldan chaqaloq murdasi topildi

Bugun 10-fevral kuni, soat 10.35da Toshkentning Chilonzor tumanidagi «Sovplastital» korxonasi orqa tomoni va Bunyodkor ko‘chasi yoqasidan oqib o‘tuvchi kanalda yangi tug‘ilgan chaqaloq tanasi topilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
IIBB bu ishni o‘z nazoratiga olgan.
Shuningdek, ayrim manbalarda hodisa Olmazor tumanida sodir bo‘lgani aytilgan. Xabarga ko‘ra, bu ma’lumot noto‘g‘ri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter