Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda soxta shartnoma bilan uy sotayotgan rahbar fosh bo‘ldi

Chilonzorda soxta shartnoma bilan uy sotayotgan rahbar fosh bo‘ldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir  o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Sh.X.» MChJ rahbari Sh.A. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Sergeli tumani hududidan 9 qavatli turar-joy majmuasini qurayotganligini aytib, ushbu turar-joy majmuasidan 89 kv. metrli xonadonni 480 mln so‘mga sotishga kelishib, evaziga soxta shartnoma taqdim etib, 10 000 AQSh dollari va 130 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring