Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Captiva»da gaz to‘ldirilgan sharlar portladi. 3 kishi kuyish jarohatini oldi

«Captiva»da gaz to‘ldirilgan sharlar portladi. 3 kishi kuyish jarohatini oldi

Foto: «Darakchi.uz»

Bugun, 15-fevral kuni Yashnobod tumanidagi 6-tug‘uruqxona yaqinida «Captiva» rusumli avtomobil salonida tabiiy gaz bilan to‘ldirilgan sharlar yorilib, alangalanib ketdi. Oqibatda 3 kishi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Hodisa sabablarini aniqlash davomida mashina salonida gaz bilan to‘ldirilgan 20 ta shar bo‘lganligi aniqlandi. Salondagi uch nafar yigit avtomobilda chekayotgan bщlgan. Gazning olovlanishi oqibatida ular qo‘l va yuz kuyishi jarohatini olgan.

IIBB fuqarolarni havo sharlarini xarid qilishda ular geliy bilan to‘ldirilganligiga ishonch hosil qilishi va ularning yonida sigaret chekmaslikka chaqirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring