Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda Ispaniya fuqarosi to‘satdan vafot etdi

Buxoroda Ispaniya fuqarosi to‘satdan vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Ispaniya fuqarosi, 1958-yilda tug‘ilgan Amez Perez Antonio Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan Haqiqat ko‘chasini aylanib, tarixiy buyumlar savdo rastasi oldida savdolashib turgan vaqtida to‘satdan hushidan ketgan va voqea joyida vafot etgan.

Hodisa 2023-yil 7-iyun kuni sodir bo‘lgan. 

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Amez Perez Antonio tobi qochib yiqilganidan so‘ng, 22 daqiqa o‘tib, tez tibbiy yordam hodimlari voqea joyiga yetib kelgan.

Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring