Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yerto‘lada mayning fermasi ochgan shaxs aniqlandi

Buxoroda yerto‘lada mayning fermasi ochgan shaxs aniqlandi

Illyustrativ foto.

Buxoro viloyati IIB mas’ul xodimining «Xabar.uz»ga bildirishicha, Buxoro shahar IIO FMB xodimlari va shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Buxoro shahrilik 51 yoshli fuqaro  Yu.N.ning o‘zi yashab kelayotgan uyning yerto‘lasida «Mayning» qurilmalari o‘rnatib, undan qonunga xilof ravishda foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan holda yashirin faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Tadbir davomida, jami 3 dona yaroqli va 1 dona yaroqsiz «Mayning» qurilmalari va boshqa butlovchi elektr jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

«O‘zenergoinspeksiya» viloyat hududiy bo‘limi hamda Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra, ushbu shaxs 2022-yil 28-mart kunidan 2023-yil 9 fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida umumiy qiymati 63.522 kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib, shahar elektr tarmoqlari korxonasiga jami 93 million 694,6 ming so‘mlik ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185/2-moddasi (1852-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring