Buxoroda bog‘cha bolasi tok urishidan vafot etgandi: «ish» sudga oshdi

Buxoro tumanida joylashgan YaTT Xolboyeva O‘lmas Uzoq qizi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotidajoriy yilning 28-mart kuni 2 yoshli Sh.Sh (o‘g‘il bola)ning elektr toki urishi natijasida vafot etgani xabar qilingan edi.
Buxoro viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan 2 aprel kuni tuman prokuraturasi tomonidan JKning 116-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki tergovda mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi M.D.ning vazifasiga yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kabi kasbiy majburiyatlar kirishi belgilangan bo‘lsada, uning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi hamda vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi, shuningdek, o‘ziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirganligi aniqlangan.
Surishtiruvlar natijasiga ko‘ra esa mazkur jinoyat ishi joriy yil 18 iyun kuni mazmunan ko‘rishlik uchun sud muhokamasiga yuborildi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter