Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ayol haydovchi o‘zi bilan janjallashgan ayolni mashinada bosib ketdi (video)

Buxoroda ayol haydovchi o‘zi bilan janjallashgan ayolni mashinada bosib ketdi (video)

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil yo‘lida o‘zaro janjallashgan ayollardan biri Spark avtomashinasida boshqa bir ayolni bosib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holatga bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan va ushbu holat 21-fevral kuni soat 13:50 da Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani «Xo‘jalar» mahallasida joylashgan Poykent savdo majmuasi oldida sodir bo‘lgani aniqlangan.

«Sh. ismli ayol boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasi bilan S.K. ismli ayolni urib yuborib, unga tan jarohati yetkazgan. Holat tegishli tartibda tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismida qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring