Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bunaqasi 80 yil avval kuzatilgan» — Forishdagi tabiiy ofat tafsilotlari

«Bunaqasi 80 yil avval kuzatilgan» — Forishdagi tabiiy ofat tafsilotlari

Foto: Xabar.uz

Favqudodda vaziyatlar vazirligi 20 aprel kuni Jizzax va Samarqand viloyati hududlarida kuzatilgan sel-suv toshqinlari oqibatlari haqida ma’lumot berdi.

Sel-suv toshqinlaridan kuchli zararlanish Jizzax viloyati Forish tumani Egizbuloq MFY hamda Samarqand shahri ko‘chalarida ro‘y bergan.

Mahalliy aholiga ko‘ra, Egizbuloq MFY da oxirgi 80 yillikdagi eng kuchli sel oqimi o‘tgan. Sel oqimlari mahalladagi 260 ta aholi yashash xonadonlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borgan. 53 ta xo‘jalik tabiiy ofatdan to‘liq talofat ko‘rgan. 6 ta fuqaro sel oqimi ichidan qutqarib qolingan. 25 ta aholi yashash xonadonlarida istiqomad qiluvchi 100 ga yaqin fuqaro qarindoshlarinikiga jo‘natilgan.

Ushbu hududda shunday sel oqimlari bundan taxminan 80 yillar avval kuzatilgan.

Sel oqimi 15-son umumta’lim maktabi va 9-son maktabgacha ta’lim muassasasi hududiga (binolarning 1-qavatiga) ham kirgan. 1.5 km. ichki yo‘llarga sel suvlari toshishi oqibatida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring