Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun har 12 yilda sodir bo‘ladigan hodisa kuzatilmoqda: Oy tutilishi va boshqalar

Bugun har 12 yilda sodir bo‘ladigan hodisa kuzatilmoqda: Oy tutilishi va boshqalar

Foto: «iXBT.com»

Bugun, 26-may kuni Oyning Yerga eng yaqin kelishi (Super Oy) va to‘liq tutilishi hodisasi ro‘y beradi. Bu haqda Moskva planetariysiga asoslanib TASS xabar berdi.

To‘liq tutilish to‘lin Oy hodisasi hamda tabiiy yo‘ldoshning Yerga yangi yaqin kelishi bilan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Bunaqasi 12 yilda bir marta sodir bo‘ladi.

«To‘liq tutilish 14 daqiqa 30 soniya davom etadi, bu paytda soyada qolgan Oy diskining shimoliy qismi (tepasi) uning boshqa qismlaridan ancha yorqin ko‘rinadi. Soyaning tashqi qismlari Yerning shimoliy qutb hududlarida yorug‘lik atmosfera ozoni tomonidan yutilishi natijasida ko‘kish tusga kiradi», — deyiladi xabarda.

Oy Yerga 362 ming kilometrgacha yaqinlashdi. Super Oy deb nomlanuvchi bu hodisani butun dunyoda kuzatish mumkin bo‘ldi. Hodisa vaqti — soat 6:52 (Toshkent vaqti bilan).

Super Oy hodisasidan oradan 10 soatlar o‘tib, soat 16:19 dan (Toshkent vaqti bilan) Oyning to‘liq tutilishi yuz beradi. Bu hodisaga Shimoliy Amerikaning g‘arbiy sohili, Osiyoning sharqiy sohili, Indoneziya, Avstraliya va Tinch okeani orollarida yashovchilar guvoh bo‘lishadi.

Rossiyada faqat Sibir janubi-sharqida va Uzoq Sharqda yashovchilar Oy tutilishini ko‘ra olishlari xabarda aytilgan. Bizda esa Quyosh botishi soat 19:44 ga to‘g‘ri kelgani bois, Oyning tutilishi deyarli sezilmay o‘tib ketishi mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring