Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada muzlatgichda qamalib qolgan insonni kolbasa o‘limdan qutqarib qoldi

Britaniyada muzlatgichda qamalib qolgan insonni kolbasa o‘limdan qutqarib qoldi

Foto: «Twitter»

70 yoshli Kris Makkeyb o‘zining shaxsiy do‘koni muzlatgichida qamalib qoldi, biroq u kolbasa yordamida jonini saqlab qoldi. Hodisa haqida «Fox News» xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, muzlatgich eshigi shamol tufayli yopilib qolgan va qulfi tugmasi muzlay boshlagan. Xonadagi harorat –20 daraja bo‘lgan. Bunday haroratda do‘kon egasi yarim soat ichida muzlab qolishi mumkin edi.

Ammo Makkeyb taslim bo‘lmadi. Qulfni birorta qattiq jism bilan urib sindirishi kerak edi. Atrofida esa bunday jism yo‘q. U o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va bir yarim kilogrammlik muzlagan kolbasa bo‘lagi bilan yaxlagan qulfni buzib, jonini saqlab qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring