Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bozorga tushgan o‘g‘ri voqea joyida qo‘lga olindi

Bozorga tushgan o‘g‘ri voqea joyida qo‘lga olindi

Qo‘qon shahridagi «Yoyma bozor» hududida fuqaro N. H.ning sumkasidan noma’lum erkak «Samsung Galaxy J6» brendidagi qiymati 1 600 000 so‘m bo‘lgan uyali telefonni o‘g‘irlaydi.

Jabrlanuvchi bu haqda bozorda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Ichki ishlar organlari xodimlariga murojaat qiladi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari gumondorni ta’qib qilib, voqea joyida qo‘lga olishdi.

Dastlabki surishtiruv natijasida mazkur shaxs Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan 32 yoshli S. A. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari IIB xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring