«Abu Saxiy» bozorida uka akasi joniga qasd qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent Savdo Markazi» bozorida qotillik ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 16-dekabr kuni soat 16:30 atrofida, Chilonzor tumanidagi «Toshkent Savdo Markazi» bozori (sobiq «Abu Saxiy» ) hududidagi do‘kon yonida 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro N.M. (avval sudlangan, ishsiz) akasi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro O.M. bilan (ilgari sudlangan, ishsiz) janjallashgan. Natijada N.M. yonidagi pichog‘ini akasining ko‘ksiga sanchib, voqea joyidan qochib ketgan.
Olgan jarohati tufayli O.M. kasalxonada vafot etdi.
Shu kuni Chilonzor tumani IIB tomonidan N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Uni topish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter