Boysunga sel keldi (foto)
Surxondaryo viloyatida M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Boysun tumani «Chilonzor» mahallasidan o‘tgan qismini va ayrim xonadonlarni sel bosdi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, sel 8 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
«Hozirda sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, yo‘ldagi loy-shag‘al aralashmasini tozalash ishlari olib borilmoqda. Transport harakati tiklangan. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan yo‘l bo‘yida joylashgan ayrim xonadonlar va boshqa ob’yektlarda suv to‘plamlarini tozalash ishlari davom ettirilmoqda», deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani aytiladi.
Avvlroq «O‘zgidromet» 8-9 noyabr kunlari kuchli yomg‘irlar natijasida sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter