Bosh prokuratura yuqori qavatdan o‘zini tashlagan shaxs bo‘yicha bayonot berdi
Toshkentdagi Xalqaro biznes markazining yuqori qavatidan bir erkak o‘zini tashlab yuborgani aks etgan videolar tarqalgandi.
Holat bo‘yicha Bosh prokuratura bayonot berdi.
Unda aytilishicha bugun, 21 aprel kuni soat 11:50 larda Yunusobod tumanida joylashgan Xalqaro hamkorlik markazi binosining 9-qavatidagi chekish uchun mo‘ljallangan ochiq qismidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter