Bosh prokuratura maktabdagi suiqasd haqida ma’lumot berdi
2019-yilning 5-oktyabr kuni soat 08:30larda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 23-umumta’lim maktabida fuqaro B.Yu. (1982 y.t., ishsiz) turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan qorin sohasiga bir marotaba urgan. Shuningdek, ularni ajratmoqchi bo‘lgan maktab direktorini ham tanasining turli qismlariga uch marotaba pichoq bilan urib, ularni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Yu.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmokda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter