Bosh prokuratura Farhod Mannopov vafot etgan klinika yuzasidan bayonot berdi
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «OMAD PLYUS» MChJga qarashli «Star Med Center» klinikasiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza kiritilgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda mazkur ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu klinikada mart oyida bloger Farhod Mannopov vafot etgandi.
Keyinroq holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter