Bosh prokuratura 3-qavatdan yiqilgan qiz bo‘yicha tafsilotlarni ma’lum qildi
Toshkentda 16 yoshli qiz janjal sabab binoning 3-qavatidan o‘zini tashlaganligi haqida xabar tarqalgandi.
Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, joriy yilning 5 aprel kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 9-sinf o‘quvchisi X.M. (16 yoshli qiz bola) yashab kelayotgan uyning 3-qavatida balkon oynasini artayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tan jarohat olgan.
X.M.ga darhol tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda voyaga yetmagan X.M.ning ahvoli yaxshi.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter