Bolalarning sho‘xligi 130 ming dollarga tushdi (video)
AQShda bolalari shisha byustni sindirib qo‘ygan ota-onadan 130 ming dollar tovon puli talab qilishyapti. «TSN» xabar berishicha, voqea Kanzas-Sitidagi jamoat markazida yuz bergan.
Ota-onalar va farzandlarini bu yerga tadbirga chaqirishgandi. Videotasvirdan ko‘rinib turibdiki, kattalar suhbatga sho‘ng‘ib ketgan, ikki nafar to‘polonchi bola esa tinmay uyoqdan buyoqqa yugurmoqda. Bu ham yetmaganidek, bolalarning biri byustni olishga urinib ko‘rdi...
Albatta, bola sho‘x bo‘lgani yaxshi, ammo buyog‘i necha pulga tushdi. Aytishlaricha, shishadan yasalgan san’at asarining qiymati 130 ming dollarga teng ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter