Bolalarga zo‘rlik bilan rus tilini o‘rgatgan «bog‘cha opa» o‘qituvchi bo‘lib chiqdi
Ijtimoy tarmoqlarda «Yovuz bog‘cha opa. Bechora bolalarni yuragi tushib qoladi-ku» sarlavhasi ostida video tarqatildi.
Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, o‘rganish davomida videodagi holat haqiqatdan ham Shovot tumanidagi 36-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tushirilganligi aniqlangan.
«Videoda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va kuch ishlatayotgan fuqaro I. Yu. ekanligi, u tashkilotda ishlamasligi (bugungi kunga kelib Shovot tumanidagi 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida rus tili fani o‘qituvchisi sifatida ishlab kelayotgan), ushbu paytda bolalarga qo‘shimcha pullik xizmat asosida to‘garak o‘tayotganligi aniqlangan. Tasvirga shu guruh tarbiyachisi A. A. olayotganligi aniqlandi.
Mazkur holatga huquqiy baho berish uchun Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Shovot tumani IIBga rasmiy xat bilan murojaat yo‘llaydi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganish yakuni bo‘yicha taqdim qilinishini bildirib o‘tamiz», deyiladi rasmiy munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter