Bolalar o‘g‘irlanayotgani haqidagi audioga rasmiy munosabat berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar o‘g‘irlanayotgani haqida audioxabarlar tarqaldi.
Ovozli xabarlarda aytilishicha, Toshkentdagi 38-Orom maktabi yonida, Qorasaroy turar joy majmuasida, Qorasuvda va boshqa hududlarda bola o‘g‘irlashga urinishlar qayd etilgan.
Shuningdek, bir nechta bola dom-daraksiz yo‘qolgani, bu holatlarga mutasaddilar tomonidan tegishli choralar ko‘rilmayotgani haqida gapiriladi.
Farg‘onada ham bola o‘g‘irlash bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh mavjudligi aytiladi.
Ushbu audioxabarlarga IIV axborot xizmati rahbari Sh.G‘iyosov munosabat bildirdi.
«Ma’lum qilamizki bu kabi xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq.
Internet orqali yolg‘on ma’lumot tarqalishiga sababchi bo‘layotgan sub’yektlarning harakatlariga huquqiy baho beriladi», deyiladi rasmiy munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter