Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegaradagi «katta nayrang»: Bojxona qo‘mitasi ma’lumot berdi

Chegaradagi «katta nayrang»: Bojxona qo‘mitasi ma’lumot berdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi.

Bojxonachilar og‘irligi 55 kg.ga yaqin giyohvandlik vositalari va sun’iy narkotik moddalarni respublikamizga yashirincha olib kirish uchun navbatdagi nayrangni qo‘llangan shaxsni to‘xtatib qolishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «Oybek» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda aniqlangan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatida giyohvandlik vositalarini respublikamizga g‘ayrioddiy usulda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.

Respublikamizga kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvida yengil avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning gaz balloni ichiga turli shakldagi 49 dona va benzin baki ichiga 31 dona polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilganligi aniqlandi.

O‘ramlar ochib ko‘rilganda esa ularning ichidagi modda Markaziy bojxona laboratoriyasida o‘tkazilgan ekpertiza xulosasiga binoan 52 kg. 877 gr. og‘irlikdagi «gashish» hamda 2 kg.dan ziyod geroin giyoxvanlik vositasi, 1 dona yelim idish ichidagi modda esa 950 gr. sintetik giyoxvandlik vositasi ekanligi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 329 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 298 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring