Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bog‘ot voqeasi»ga Bosh prokuratura oydinlik kiritdi

«Bog‘ot voqeasi»ga Bosh prokuratura oydinlik kiritdi

Foto: Korrespondent.net

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudida bir fuqaro o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova «Xabar.uz»ga qo‘yidagilarni ma’lum qildi:

2019-yil 12-martda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining raisi J.Kuryazov raisligida da’vogar Z.A.ning javobgar J.A.ga (sobiq turmush o‘rtog‘i) nisbatan «mol-mulk undirish to‘g‘risida»gi da’vo arizasi advokat D.B., da’vogar vakillari M.A. va Z.E.lar hamda javobgar sifatida J.A.ning otasi R.A.lar ishtirokida ko‘rib chiqilgan (sud majlisida da’vogar va javobgarlar o‘zlari ishtirok etmagan).

Sud raisi da’voni qanoatlantirib, Z.A.ning foydasiga hal qiluv qarori chiqarilganini e’lon qilganidan so‘ng javobgarning otasi R.A. sud ishtirokchilari oldida, jahl ustida o‘zining bo‘yin sohasiga o‘tkir kesuvchi lezviya bilan jarohat yetkazib, sud zalidan chiqib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqqan.

Ish bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasida R.A.da bo‘yin sohasi oldingi yuzasi aylanasimon kesilgan jarohati mavjud bo‘lib, hozirda bemorning umumiy ahvoli o‘rtacha darajadaligi va xushi o‘zida ekanligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Bog‘ot tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring