Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir guruh yigitlar ayol kishini «samosud» qilishdi (video)

Bir guruh yigitlar ayol kishini «samosud» qilishdi (video)

Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yosh yigitlar 35 yoshlar chamasidagi ayolni «samosud» qilayotganiga oid lavha tarqadi. Tasvirdan anglashilicha, ayol kirakashlarni litsenziyalashni nazorat qiluvchi tashkilotga «tutib berish» bilan shug‘ullangan.

Yigitlar ayolni do‘pposlar ekan, uni uyat so‘zlar bilan haqorat ham qilishadi. Kurtkasi bilan yuzini yashirib to‘sgan bir yigit esa ayolning sochidan tortib, urib yiqitgancha qorniga musht tushiradi.

Gapirish lahjasiga ko‘ra, voqea Xorazm viloyatida sodir bo‘lgani anglash mushkul emas. Ayolni 20 000 so‘m pul evaziga «chaqib» yurgani uchun haqorat qilarkan, yigitlardan biri sherigiga «Yur-yey, Xonqa ketdik», deydi. 

Voqelik Xorazmda yuz bergani ehtimoli yuqori bo‘lsa, u aynan qachon sodir etilgani mavhum baribir. Chamasi, «samosud» erta bahorda bo‘lib o‘tgan, har holda, «ishtirokchilar»ning egnidagi qalinroq kiyimlar shunga dalolat qiladi.

Tasvirlar esa tarmoqda ikki kun burun paydo bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring