Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir hafta o‘rmonda adashgan bola yomg‘ir suvi bilan jon saqladi

Bir hafta o‘rmonda adashgan bola yomg‘ir suvi bilan jon saqladi

foto: 120.su

Meksikalik 9 yoshli Xose del Karmen iti bilan o‘ynab yurib o‘rmonga borib qoldi. Sarguzashtlar bolakay kutganidan ancha xavfli va qayg‘uli bo‘lib chiqdi –  u butun bir haftani o‘rmonda o‘tkazdi.

Xoseni qidirish ishlari hududga bostirib kelgan dovul tufayli murakkablashdi. Ammo  mo‘’jizasi yuz berdi, uyga qaytgan it izidan uni izlab topishdi.  

Bolakay qattiq charchoq va ochlikdan aziyat chekdi, chunki bu vaqt davomida u  faqat yomg‘ir suvi bilan jon saqladi. Ammo umuman olganda, bolaning ahvoli yaxshi, shuning uchun uning baxtli ota-onasi, ehtimol, bundan buyon o‘g‘li har qanday qiyinchiliklarga dosh bera olishiga ishonishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring