Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir ayol ikki yosh bolasi bilan «ko‘rinmas qotil» qurboniga aylandi

Bir ayol ikki yosh bolasi bilan «ko‘rinmas qotil» qurboniga aylandi

Foto: «Gazetaingush.ru»

28-oktyabrdan 29-oktyabrga o‘tar kechasi Samarqand viloyatining Urgut tumanida bir ayol va uning ikki voyaga yetmagan farzandi is gazidan zaharlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29-oktyabr kuni 38 yoshli ayol dugonasini ko‘rgani kelgan. Uyga kirib, polda bir ayol va uch bola hushsiz yotganini ko‘rdi. Shundan so‘ng ular eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ayol va uning bolalari (11 yoshli qiz va 5 yoshli o‘g‘il bola) is gazidan zaharlanib vafot etgan. Uchinchi bola (9 yoshli bola) og‘ir ahvolda viloyat tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring