«Bilayn» kompaniyasining chiroyli raqami narxi qancha?
Toshkent viloyati Qibray tumanida 2017-yilning iyul oyida Toshkent shahrida yashovchi J.I. firibgarlik yo‘li bilan, fuqaro A.Sh.ning ishonchini suiiste’mol qilib, jinoyatga qo‘l urdi.
O‘z manbalarimizning xabariga ko‘ra, u «Bilayn» kompaniyasidan +9989x-92x-xx-xx raqamli sim-kartani olib beraman, deb aldab, 2.000 AQSh dollarini olgan va shu kunga qadar qaytarib bermagan.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter