Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bilayn» kompaniyasini portlatib yuborishini aytib dag‘dag‘a qilgan shaxs qo‘lga olindi

«Bilayn» kompaniyasini portlatib yuborishini aytib dag‘dag‘a qilgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: «bezformata.com»

2019-yil 4-aprel kuni noma’lum shaxs «Bilayn» mobil aloqa kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, hisobi to‘ldirilgan bo‘lsa ham qo‘ng‘iroq qilolmayotganini, agar 5 daqiqada hisob raqamini yoqmasa, kompaniyani portlatib yuborishini aytib, aloqani uzib qo‘ygan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor aniqlov tadbirlari natijasida, ushbu qo‘ng‘iroqni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Nurafshon MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi V.M. mast holda, aloqa tarmog‘i yaxshi ishlamaganligi sababli amalga oshirgani aniqlanib, qo‘lga olingan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring