Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Berlin shahrida pichoqli hujum uyushtirildi

Berlin shahrida pichoqli hujum uyushtirildi

Foto: «Haber7»

Germaniya poytaxti Berlin shahridagi «S-Bahn» bekatida bir kishi odamlarga pichoq bilan hujum qilgan. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Hujum bugun, 16 iyun kuni erta tongda sodir bo‘lgan. Voqea oqibatida ikki kishi og‘ir jarohat olgan, bir ayol yaralangan.

Hujumchi voqea joyidan yashiringan.

Voqea yuzasidan politsiya xodimlari surishtiruv olib borayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring