Bekoboddagi qurilishda ishchi o‘pirilish ostida qoldi
Kuni kecha Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Dalvarzin mahallasi hududida yangi barpo etilayotgan qurilish ob’yektida yuzaga kelgan vaziyat oqibatida bir nafar fuqaroning hayoti xavf ostida qoldi.
FVVning xabariga ko‘ra, voqea ushbu qurilish ob’yektining oqava suvlari uchun handaq qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, mazkur xandaqni qazish ishlari yer sathidan 4 metr chuqurlikka yetganda, tuproq qatlami o‘pirilib, fuqaro M.M. ustiga tushib ketadi. Ayni hodisaga guvoh bo‘lgan quruvchilar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan vaziyat haqida xabar bergan.
Zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni chuqurlikdan olib chiqib, tibbiy yordam xizmatiga topshirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter