Bedarak yo‘qolgan qiz qidirilmoqda
2002-yilda tug‘ilgan Abzalova Fotima Mahmudjon qizi joriy yilning 14-avgust kuni Olmazor tumani, Shifonur ko‘chasi, 71-uy manzili bo‘yicha joylashgan uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Belgilari: bo‘yi 170-175 sm., qaddi-qomati o‘rtacha, sochlari uzun och jigar rang, ko‘zlari to‘q qora, lablari, quloqlari o‘rtacha, iyagi to‘g‘ri.
Kiyimlari: oq-qora xol-xol gulli ko‘ylak, qora shippak.
Qidiruvga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni Olmazor tumani IIO FMBga quyidagi raqamlar orqali ma’lum qilish so‘ralgan: 71-230-50-85, 71-230-50-86 ili 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter