Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxtsiz hodisa tufayli xotiradan o‘chgan 39 yil...

Baxtsiz hodisa tufayli xotiradan o‘chgan 39 yil...

foto: 120.su

Italiyalik Lusiano Adamoni mashina urib yubordi va u komaga tushib qoldi.

Bir necha kundan so‘ng, 60 yoshli Lusiano uyg‘ondi, ammo boshidan olgan jarohati natijasida u hayotining so‘nggi 39 yilini butunlay unutdi. Erkak qo‘rquv bilan oynadagi o‘zining aksiga, rafiqasi – 58 yoshli ayolga (uni 19 yoshli kelin sifatida esladi)  qo‘rquv bilan qaradi. Uni dada deb atagan 30 yoshli yigitni ko‘rganida qo‘rquv va hayrati yanada oshdi.  Bundan tashqari,  Lusiano zamonaviy texnologiyalar bilan o‘zgargan hayotdan dahshatga tushdi.

Biroq, Lusiano o‘zining ko‘nikuvchanligi bilan mo‘’jiza yaratdi. Unga psixologlar o‘z oilasini qabul qilishga va unutgan yillar uchun ko‘p qayg‘urmaslikka yordam berdi. Lusiano uchun haqiqiy tasalli bu maktabdagi ishi bo‘ldi. U bolalar bilan ko‘p muloqot qiladi va ular bu odamning g‘ayrioddiy ahvolini bilib  yordam berishga harakat qilishadi. Ya’ni bolalar u yodidan chiqargan barcha unutganlari haqida aytib berishadi. Aytgancha, Lusiano bilan halokatli to‘qnashuvni sodir etgan haydovchi haligacha topilmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring