Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxmal tumani bosh arxitektori o‘z joniga qasd qilgan — prokuratura

Baxmal tumani bosh arxitektori o‘z joniga qasd qilgan — prokuratura

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Baxmal tumani hududida yashovchi fuqaro, tajribali arxitektor o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Baxmal tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i, bosh arxitektor Sh.B.ning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan 2023 yil 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi tayinlangan.

Shuningdek, holat yuzasidan tegishli idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring