Toshkentda ayol o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi
Shu yilning 28-iyul kuni soat 12.35 larda 43 yoshli Nozimaxon K. Bektemir tumanidagi ko‘prikdan (Qo‘yliq bozori yaqinida) sakramoqchi bo‘lganida, ichki ishlar xodimlari tomonidan qutqarib qolingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xazmati xabar berdi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u spirtli ichimlik ichgan bo‘lgan va o‘z xatti-harakatlariga to‘liq javob bera olmagan. Ayol bilan psixologlar ishlamoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter