Ayol o‘qituvchilar do‘pposlandi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda 2023 yil 14 aprel kuni maktab o‘qituvchilari ommaviy do‘pposlanganligi haqida videoyozuv tarqaldi.
Holat Uzun tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgani aytiladi. Zo‘ravonning kimligi hali ma’lum emas.
Bosh prokuratura hodisa qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlarni o‘rganayotganini ma’lum qildi.
«O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi», deyiladi rasmiy bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter