Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchtepadagi avtodo‘konda sotuvchi ayovsiz kaltaklandi. IIBB izoh berdi

Uchtepadagi avtodo‘konda sotuvchi ayovsiz kaltaklandi. IIBB izoh berdi

Internet tarmog‘ida bir nechta shaxslar tomonidan fuqaro kaltaklanayotganligi aks etgan video tarqalmoqda. Hodisa Uchtepa tumani, Farhod bozori yaqinidagi ehtiyot qismlari do‘konida sodir bo‘lgani aytilgan. 

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 21 mart kuni taxminan soat 19.00 larda Chilonzor tumanidagi avto ehtiyotqismlari do‘konlaridan birida sotuvchilar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

Janjal natijasida 27 yoshli A.Islombek tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring